Mavsum yakunlariga ko'ra «Real» muxlislari yarimhimoyachi Luka Modrichni jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb topishdi.
Xorvatiyalik 35 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda madridliklar safida barcha turnirlar doirasida 48ta o'yin o'tkazib, 6ta gol va xuddi shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Modrich klub bilan shartnomasini 2022 yil yozigacha uzaytirdi.