Ispaniyalik futbolchiga Evropada talab katta.
«Barselona» «Vilyarreal» himoyachisi Pau Torres uchun eaqobatchiga aylandi, deb xabar beradi Marca. Ispaniyalik futbolchi shuningdek «Real» va «Manchester Yunayted» manfaatlari doirasida bo'lib turibdi.
Kataloniyaliklar yozda ikkita himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bittasi Erik Garsiya bo'lishi mumkin, u «Manchester Siti»ni bepul, erkin agent sifatida tark etadi.
Ikkinchi himoyachi pozitsiyasi uchun «ko'k-anorranglilar» Torres va «Yuventus» vakili Mateys De Ligtni ko'rib chiqmoqda.
Ammo, «Barselona» niderlandiyalik futbolchining transfer narxi yuqori bo'lganligi sababli bu transferning amalga oshishi dargumonligini tushunadi.