«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ishda tanaffus qilishni rejalashtirmagan va yangi jamoani boshqarishga tayyor.
Marca xabariga ko'ra, frantsuz yangi tajriba orttirish niyatida, chunki u faqat «Real»da ishlagan.
Zidan va Madrid prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlar juda iliqligicha qolmoqda. Manbaning yozishicha, Zidan uchun klubning eshiklari har doim ochiq va u istagan vaqtida «Real»ga qaytishi mumkin.
La Liganing 37-turidan o'rin olgan «Atletik» ga qarshi o'yin (1:0) oldidan frantsiyalik mutaxassis Peres bilan uchrashgan. Ular yarim soatga yaqin shaxsiy suhbat olib borishgan. Ehtimol, aynan shu uchrashuv Zidan uchun hal qiluvchi bo'lgan.