«Inter» o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi PSJ qiziqishlari doirasiga tushgan.
Insayder Fabrizio Romanoning yozishicha, PSJ 22 yoshli futbolchiga qiziqmoqda. Muzokaralar davom etmoqda, ammo kelishuvga erishilganicha yo'q.
«Inter» Hakimini 60 mln evrodan ko'prog'iga sotishni istamoqda.
"Real Madrid"da Hakimi uchun ilk rad etish huquqi mavjud. Ular har qanday taklifni ko'rib chiqishi mumkin, ammo hozirgacha madridliklar bilan aloqaga chiqilmagan.