David Alaba «Real»ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Himoyachi bundan juda hayajonlanganligini yashirib o'tirmadi.
«Men bitta maxsus klubdan uning printsipial raqibiga o'tyapman. Shuncha yildan beri Myunxenda bo'lganimdan so'ng, yangi muhitga moslashishga qaror qildim. Klub tarixini yozishda davom etaman.
Ilk uchrashuvimni ramziy oq formada Madridda muxlislar oldida o'tkazishni kutib o'tirmayman. Safar muvaffaqiyatli bo'lishiga aminman», - deya Alaba tvitterda so'zlarini yakunladi.