«Real» darvozaboni Andrey Lunin bir kun oldin jamoa bosh murabbiylgini tark etgan Zinedin Zidan bilan xayrlashdi.
«Rahmat, mister, bu yil uchun. Afsona bilan ishlash juda yoqimli edi, men juda ko'p bilimlarga ega bo'ldim. Maslahatlar uchun tashakkur. Hayotingiz va faoloiyatingizning keyingi bosqichida omad tilayman», deb yozgan Lunin o'z instagramida.
Eslatib o'tamiz, Zidan «Real»ni 2019 yil martidan beri boshqarib kelmoqda edi. Bungacha u 2016 yildan 2018 yilgacha «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
48 yoshli frantsiyalik mutaxassis ikki karra Ispaniya chempioni, uch karra Chempionlar Ligasi g'olibi, ikki karra Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogi sohibi hisoblanadi.
Ukrainalik posbon o'tgan mavsumda «Real» safida atigi 1 o'yin o'tkazgan.