Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" Zinedin Zidan ketganidan keyin 49 yoshli argentinalikni asosiy nishonga aylantirishgan.
"Qirollik klubi" short-listiga "Inter" sobiq ustozi Antonio Konte, "Real" yoshlar jamoasi murabbiyi Raul ham kiritilgan, ammo bu ro'yxatni aynan Maurisio Pochettino boshqarib turibdi.
Argentinalik mutaxassisi oldinroq "Real"da ishlash istagini bildirgan, biroq bunga parijliklar rahbariyatini ko'ndirish qiyin. Murabbiyning amaldagi shartnomasi bor va uni buzsa, parijliklarga tovon puli to'lanishi lozim.
Xabar qilinishicha, "Real" vakillari ushbu masalani muhokama qilish uchun PSJ vakillari bilan uchrashishadi.