Yangi futbolchilarning xaridi uchun "qirollik klubi" rahbariyati 130-150 million evro mablag' ajratdi.
"Qaymoqranglilar" ushbu mablag'ning katta qismini o'yinchilarni sotish orqali ishlashni rejalashtirmoqda. "Real" Luka Yovich, Daniel Sebalos, Mariano Dias, Eden Azar va Borxa Mayoralni sotishga tayyor. Ispan grandini shuningdek Marselo, Garet Beyl va Isko tark etishi ham istisno qilinmayapti.
Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan tez orada "Real"dan ketganini rasman elon qiladi.