«Real Madrid» yozgi transfer oynasida jamoani keng miqyosda qayta tuzishni rejalashtirmoqda.
Marca xabariga ko'ra, Madrid klubi sotib olish uchun 130-150 million evro sarflamoqchi. «Real» ushbu summani futbolchilarni sotish orqali jamg'arishni rejalashtirmoqda.
Madridliklar o'tgan mavsumni «Ayntraxt»da ijarada o'tkazgan Luka Yovich va «Arsenal»da o'ynagan Dani Sebalos uchun 25 million evrodan olishga umid qilmoqda. Ular Mariano Diasni 15 million evroga sotmoqchi, chunki u kamdan-kam maydonga tushganligi uchun unga bundan qimmatroq narx belgilash mushkul.
«Roma» Borxa Mayoralni sotib olish variantini faollashtirishi kutilmoqda. Klublar o'rtasidagi ijara shartnomasida Rim klubi hujumchini 15 million evroga sotib olish mumkinligi aytilgan. U rimliklarning yangi murabbiyi Joze Mourinoga yoqadi.
Bundan tashqari, agar biron bir klub u uchun 50 million evrodan ko'proq taklif qilsa, «Real» Eden Azar uchun takliflarni o'rganadi. Shuningdek, Marko Asensioni sotish varianti ham bekor qilinmaydi.
Shu bilan birga, Madrid klubi shartnomada ketish uchun bir yil qolgan jamoaning faxriylari bilan xayrlashish orqali ish haqini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Garet Beyl, Isko va Marselo bor.