Madridning «Real» klubi italiyalik murabbiy Massimiliano Allegriga taklif bilan chiqqan. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Bu erda 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzilishi ma'lum bo'ldi. «Real» Allegriga bir mavsum uchun 10 million evro to'lashga tayyor.
Agar klub Massimiliano bilan kelisha olmasa, ular Antonio Konte va Yoaxim Lyov variantiga o'tishadi. Shu bilan bir qatorda Raul Gonsales ham ro'yxatda bor.
Zinedin Zidan esa «Real»ni tark etishga qaror qilgan, u allaqachon Florentino Peresga bu haqda xabar berdi.