Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandga qiziqishni davom ettirmoqda.
As xabariga ko'ra, Madridliklar katta ehtimol bilan 2022 yil yozini kutishlari kerak. Chunki, ayni paytda transfer uchun juda katta pul sarflanishi kerak.
Keyingi yozda norvegiyalikni kamroq pulga sotib olish mumkin, chunki u klub bilan ketishi mumkinligi to'g'risida kelishuvga ega.
Qayd etilishicha, «Real Madrid» prezidenti Florentino Peres va »Borussiya« direktorlar kengashi raisi Xans-Yoaxim Vatske o'rtasida juda yaxshi munosabatlar mavjud.
Shu sababli Dortmundliklar futbolchi uchun raqobat bo'lgan taqdirda Madridga ustuvor ahamiyat berishga tayyor. Futbolchining o'zi ham «Real»ga o'tishni afzal ko'radi.