«Real» va Uels terma jamoasi yarimhimoyachisi Garet Beyl Evro-2020dan so'ng faoliyatini tugatishi mumkin. U bosim va talablardan charchagan.
31 yoshli yarim himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadaramal qiladi. O'tgan mavsumni u «Tottenxem»da ijarada o'tkazgan. ABC.es xabariga ko'ra, uelslik futbolchi professional faoliyatida duch keladigan bosim va tazyiqlardan to'ygan.
Futbolchi o'tgan hafta Madridga qaytib keldi va klub bilan shartnomani bekor qilish shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. U «Real» unga shartnoma bo'yicha qolgan yil uchun to'lashi kerak bo'lgan miqdorning bir qismini olmoqchi.
Yarim himoyachi bir mavsum mavsum uchun 15 million evro ishlab topadi. Ehtimol, u ushbu miqdorning yarmiga rozi bo'lishi mumkin.
Balki Evro oxirida Beyl professional futbol faoliyatini yakunlashi mumkin. U ushbu variantni oilasi bilan muhokama qilgan.