«Real Madrid» tibbiyot shtabi jamoa himoyachisi Serxio Ramosning Tvropa chempionatidagi ishtirokini ma'qullashga tayyor edi, deb xabar beradi COPE jurnalisti Aransia Rodrigez.
Manbaga ko'ra, 18 may kuni Ispaniya terma jamoasi shifokorlari «Real»dan Ramosning holati haqida ma'lumot so'rashgan va bu borada ijobiy, dalda beruvchi ma'lumot olishgan.
Bundan tashqari, futbolchi Evro-2020 uchun dastlabki ro'yhatga kiritilgan. Biroq, 35 yoshli Ramos Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrikening qarori bilan yakuniy qaydnomaga kiritilmadi.
Yakunlangan mavsumda Ramos «Real» safida barcha turnirlarda 21 o'yin o'tkazib, to'rtta gol urgan va bitta golli uzatma amalga oshirgan.