UEFA «Real», «Yuventus» va «Barselona»ga nisbatan jiddiy jazo choralarini ko'rmoqchi. Shu maqsad yo'lida tashkilot ularga nisbatan intizomiy ish ochdi.
"El Partidazo de COPE" xabar tarqatishicha, UEFA «Real», «Barsa» va «Yuventus»ni Evropa chempionlar ligasidan chetlatib, ularni yirik miqdorda jarimaga tortmoqchi.
Bunday holatda klublar Lozanna shahrida joylashgan Sport arbitraj sudiga murojaat qilishadi. Agar CAS ham UEFAni qo'llab-quvvvatlasa, Chempionlar ligasida ularning o'rnini quyidagi jamoalar egallashadi: «Real Sosedad» (La ligada 5-o'rin), «Betis» (La ligada 6-o'rin), «Napoli» (A seriyada 5-o'rin).