UEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus» klublariga nisbatan intizomiy ish ochganini e'lon qildi. Tashkilot mazkur klublari Evropa superligasi musobaqasini tashkil qilib, normativ-huquqiy baza qoidalarini buzgan deya hisoblamoqda.
9ta ta'sischi-klublardan farqli o'laroq, ushbu jamoalar Superligadan chiqqanini e'lon qilishmaydi.
Avvalroq «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Milan», «Atletiko» va «Inter» klublari Superligani tark etib, UEFA bilan kelishuvga erishgandi. UEFA bu klublarga 15 million evro miqdorida jarima solgandi.