Italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri «Real»dan aniq taklifni kutmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar qilishicha, «Yuventus» va «Milan»ning sobiq ustozi Madrid klubida ishlashni qattiq istaydi.
Shu saababli mutaxassis hali Italiya jamoalarining takliflarini ko'rib chiqmayapti. Qayd etilishicha, Allegrining taqdiri Zinedin Zidanga bog'liq. «Real» frantsuzga klubda o'z kelajagi haqida o'ylash uchun vaqt bergan.