Evropaning ikki top-klubi «Vilyarreal» markaziy himoyachisi Pau Torres uchun davogarlik qilmoqda.
«Real» 24 yoshli o'yinchining ehtimoliy transferi yuzasida «Vilyarreal» rahbariyati bilan suhbatlashgan. "Manchester Yunayted" vakillari esa ispaniyalikning agenti bilan uchrashishgan.
Torresning shartnomasida uning tovon puli 65 mln evroga baholangan, ammo uni 50 mln evro atrofidagi summaga qo'yib yuborishadi.
Himoyachi joriy mavsum La Ligada 33 o'yin o'tkazdi va ikkitadan gol hamda assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Shuningdek, u «Vilyarreal»ga Evropa Ligasi finalida va Ispaniya terma jamoasiga Evro-2020 musobaqasida yordam berishi mumkin.