«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'zining kelajagi borasida hali bir qarorga kelmadi.
Frantsiyalik mutaxassis o'ylab ko'rish uchun bir hafta vaqt oldi. Madridliklar ushbu mavsumni so'nggi 11 yil ichida ilk marta sovrinsiz yakunlashdi.
"Marka" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «Real» rahbariyatining ayrim a'zolari Zidanni iste'foga chiqarish kerak deb hisoblamoqda.
48 yoshli mutaxassisning jamoa bilan shartnomasi bir yildan keyin yakunlandi.