"Hech qachon hech qachon demaslik kerak. MYUdan boshqa jamoa? "Real" va "Barselona"ning muxlisiman. Ularning tarkibida doimo buyuk futbolchilar o'ynagan va ularni butun dunyo tomosha qiladi. Jamoalarning o'zi ham chiroyli o'yin ko'rsatadi", - dedi Reshford.
Markus mankunianliklar tarkibida 270dan oshiq o'yin o'tkazdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.