Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Kazemiro Ispaniya La Ligasining ohirgi turidan so'ng, fikr bildirdi va o'tgan mavsumdagi qiyinchiliklar haqida ham gapirib o'tdi.
«Biz g'alaba qozonishimiz va« Atletiko» o'ynagan parallel o'yinda nima bo'lishini kutishimiz kerak edi. Ammo barchasi boshqacha bo'ldi. «Atletiko» nim aqilish kerakligini bilardi va buni bekamiko'st bajardi. Lekin eng muhimi biz butun mavsum davomida yaxshi harakat qildik.
Jarohatlar, koronavirus va boshqa qiyinchiliklarga qaramay biz La Liga va Chempionlar Ligasi uchun oxirigacha kurashdik. Barcha futbolchilar ushbu qiyin mavsumdan faxrlanishadi. Ammo biron narsani o'zgartirish kerak, chunki biz bu yil bironta unvonga sazovor bo'lmadik», - deydi braziliyalik yarim himoyachi.
Ma'lumot uchun, Madridning «Atletiko» klubi 38 uchrashuvda 86 ochko to'plagan holda, 2020/2021 yilgi mavsum chempioniga aylandi. «Real» esa 84 ochko bilan vitse chempion nomiga sazovor bo'lgan bo'lsa, 79 ochko jamg'argan «Barselona» kuchli uchlikdan o'rin oldi.