«Real» va Ispaniya term ajamoasi himoyachisi Serxio Ramos Evropa chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.
Marcaning El Chiringuitoga asoslanib xabar berishicha, yakshanba kuni futbolchi terma jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan uchrashishi kerak. Mutaxassis futbolchi jarohati tufayli ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan Ramosning sog'lig'i va uning holatini muhokama qilmoqchi.
35 yoshli futbolchi iyul-avgust oylarida bo'lib o'tadigan Evroda ham, Olimpiadada ham qatnashishni istaydi. Ehtimol, Ramos Yaponiyadagi musobaqaga tiklanish uchun Evropa chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.
Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda Ramos La Liga doirasida da 15 uchrashuv o'tkazib, 2 gol muallifiga aylangan.