Madridning "Real" klubining ukrainalik posboni Andrey Lunin yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bunga asosiy sabab qilib unga muntazam o'yin amaliyoti etishmasligi ko'rsatilgan. Kiperga esa faoliyatini Ispaniyaning o'zida davom ettirmoqchi va "Granada" u uchun dastlabki rasmiy taklifni qirollik klubiga yubordi deya xabar berdi "AS" nashri.
Eslatib o'tamiz, Lunin 2018 yilning yozida Ukrainaning "Zarya Lugansk" jamoasidan 8,5 mln € evaziga transfer qilingan edi. Bu mavsum 22 yoshli darvozabon "Madrid"liklar tarkibida birorta uchrashuvda maydonga tushmadi