Portugaliyalik sehrgar Fafe "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu tavqi la'natga uchraganini aytdi.
Ma'lumki, futbolchi Ispaniya prokuraturasi tomonidan 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblangan edi. Yaqinda esa, Ispaniya superkubogi bahsida hakamni turtib yuborgani uchun 5 o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Sehrgarning gapiga ko'ra, Ronaldu 2005 yilda otasi Joze Dinish Aveyruning dafn marosimida ishtirok etmagan va Portugaliya termasi tarkibida Rossiyaga (0:0) qarshi JCh-2006 musobaqasining muhim saralash o'yinida maydonga tushgan. Shu tufayli u tavqi la'natga uchragan.
"Ronaldu ma'nan va jismonan zaif edi. U futbol o'ynash uchun otasining dafn marosimiga kelmadi. Natijada juda katta energiyani yo'qotdi. U otasi bilan hayot davrida gaplashmasdi, o'limidan so'ng esa xayrlashib o'tirmadi. Albatta bunday harakati jazosiz qolmadi. Otasi qanday inson bo'lishidan qat'iy nazar, bunday harakati uni quvvatsizlantirdi.
Unga va oilasiga kuchli sehrgar kerak. Men unga bepul yordam berishga tayyorman" - dedi Fafe Flash xabarida.