Turnir jadvalining dastlabki ikki o'rinini Madridning ikki jamoasi egallab turibdi. "Atletiko Madrid" 37-turdan so'ng 83 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turgan bo'lsa, taqibchisi "Real Madrid" 81 ochko bilan 2-o'rinda. Bugun soat 21:00 da La Liganing 38-tur uchrashuvlari bir vaqtda start oladi. "Real Madrid" jamoasi o'z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qilsa, "Atletiko Madrid" "Valyadolid" mehmoni bo'ladi.
Malumot uchun, ayni vaqtda "Vilyarreal" 58 ochko bilan 7-o'rinda bo'lsa, "Valyadolid" jamoasi 31 ochko bilan 19-pog'onani egallab turibdi ("Valyadolid"da nazariy jihatdan ligada jon saqlab qolish imkoniyatlari mavjud).
Bugun uchrashuvlardan so'ng Ispaniya chempionatida kim chempion bo'lishi aniq bo'ladi. Bu yilgi chempion nomi kim bo'lishini "Championat.asia" xodimlari taxmin qilib ko'rishdi.
Narzulla Saydullaev: "Atletiko Madrid" (men buni El klassikodan avval aytganman)
Kamoliddin Alimov: "Atletiko Madrid", 100%
Alisher Ostonov: "Qor oppoqmi?" degan savol-ku)
Abdulaziz Iskandarov: "Atletiko Madrid"
SHerzod Nurmatov: "Atletiko Madrid"
Fahriddin Ro'ziev: "Real Madrid". Bugun "Atletiko" ochko yo'qotadi
Nig'mon Nozimov: "Real Madrid"
Aziz To'xtamurodov: "Atletiko Madrid"
Jahongir Fayzullaev: Olg'a, "Atletiko"!
Jalol Ing'omxo'jaev: "Real Madrid"
Jasur Aslanov: "Atletiko Madrid", 250%
Alisher Holmatov: "Atletiko Madrid"
Og'abek Samisov: "Real Madrid"
Qadrli muxlis, Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida qaysi jamoa chempion bo'ladi?