Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing so'nggi turidan o'rin olgan «Valyadolid»ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Ushbu bosqichga kelish oson bo'lmadi. Ayni dam so'nggi tur va ikki jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Ispaniya chempionati shunaqa bo'lishi kerak.
«Valyadolid» bilan o'yin? Ikki jamoa turli maqsadlar uchun kurash olib boradigan o'yin. Ikkala jamoa ham maqsadiga erishish uchun jonini beradi», – deydi Simeone.