Ispaniyada oxirgi 38-tur. Tabiiyki chempionlikka da'vogarlar bir vaqtda o'ynashadi. Qulay vaqtda, 21:00.
"Real Madrid" o'z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qiladi. Ha, yutishi shart. Lekin asosiy masala parallel o'yinda hal bo'ladi.
"Valyadolid" - "Atletiko Madrid". Hammasi Diego Simeone yigitlariga bog'liq. Yoki yutib titulni oladi yoki "Real"ni chempion qiladi. Raqib - autsayderlardan. Nima xalaqit berishi mumkin? "Valyadolid" La Ligada qolish uchun kurashadi. Imkoniyat kam. "Ateltiko"dan 3 ochko olish va ikkita raqobatchisi yutqazishini kutish. Bilasiz, braziliyalik afsona Ronaldo "Valyadolid" prezidenti hisoblanadi. Zidan bilan o'ynagan, "Real"ga befarq emas. O'lish uchun maydonga chiqadigan jamoalardan nima kutish mumkin? Albatta, jang!
21:00 FUTBOLTV Live
"Valyadolid" - "Atletiko Madrid"
Shu o'yinda ishlayman.
Davron Fayziev.