Frantsiyada Karim Benzemaning terma jamoaga qaytishi borasidagi tortishuvlar haliyam davom etmoqda.
Biroq bu oldindagiga nisbatan ancha kamaygan. Forvard Dide Desham bilan kelishuvga erishgandi. Mahalliy tadqiqotchilar tomonidan o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra frantsuzlarning 43 foizi Benzemaning nomzodiga nisbatan salbiy munosabatda.
Odamlar uni terma jamoada ko'rishni xohlamaydilar. Aksincha, 57% kishi Karimni qo'llab-quvvatlaydi.
Qizig'i shundaki, besh yil muqaddam respondentlarning atigi 30 foizi Benzemani yoqlab chiqqan edi. Ushbu mavsumdagi futbolchining ajoyib harakatlari ushbu munosabatlarda o'z rolini o'ynadi.