Uelslik futbolchi "Tottenxem"dagi ijaradan so'ng "Real" qaytishi, u erda 2021/22 yilgi mavsumni o'tkazishi mumkin va shundan so'ng uning shartnomasi yakunlanadi. Manbaning xabariga ko'ra, Garet keyinchalik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.
Agar Garet Beyl kelasi yili faoliyatini yakunlasa, u buni erta amalga oshirgan bo'ladi. Futbolchi 2020 yilning iyulida 33 yoshni qarshi oladi.
Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.