«Real» yarim himoyachisi faoliyatini erta yakunlash variantini ko'rib chiqmoqda.
31 yoshli uelslik ijaradan «Real»ga qaytishni va shartnomasining qolgan qismini Madrid klubida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Shundan keyin Beyl futbolchilik faoliyatiga yakun yasashi mumkin, deya ma'lumot berdi AS.
Hozirda vinger butun e'tiborini Evro-2020 musobaqasiga qaratgan.
Beyl joriy mavsum APLning 19 o'yinida 9 gol va 2 assist qayd etdi.