Madridning «Real» klubi «Tottenxem» Beylning ijarasini uzaytiradi deb umid qilmoqda.
The Sun nashrining xabariga ko'ra, «Real» Garet Beylning «Tottenxem»da kelasi mavsum ham o'ynashiga ishontirmoqchi. Chunki madridliklarda Beylga maosh to'lash uchun ortiqcha pul yo'q.
Ma'lumki, 31 yoshli uelslik «Real»dan ijaraga olingan va so'nggi haftalarda London shimolida o'z formasini tiklab bormoqda. Unga bo'lgan talab ham yuqori.
Joriy mavsumda Beyl APLning 19 o'yinida 9 ta gol va 2 ta golli pas berdi.