Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mate Valbuena Karim Benzemaning terma jamoaga qaytishiga munosabat bildirdi.
«Agar u terma jamoaga qaytishga tayyor bo'lsa, demak hammasi joyida. Bu murabbiyning tanlovi. Men uchun Desham baribir bu vaziyatda g'alaba qozondi.
U qiyin vaziyatga qaramay muhitga moslasha oldi. Bu erda haqiqat Benzema tomonida ekan u aybsiz. Eski voqealarni eslashga hojat yo'q. Desham echimni qanday tanlashni biladi», - deydi Valbuena.
Eslatib o'tamiz, Benzema 2015 yilning oktyabridan buyon terma jamoaga chaqirilmayotgan edi.