Manbaga ko'ra, “Real” ustozi Zinedin Zidan keyingi hafta klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashadi va jamoada qolish yo qolmasligini aytadi. Bu La Liga chempionligi masalasi hal bo'lganidan keyin yuz beradi. Qayd etilishicha, Peres Zidanning har qanday qarorini qo'llab-quvvatlaydi.
Franciyalik mutaxassisning o'rnini olishga asosiy nomzod sifatida Massimiliano Allegri aytilmoqda. Biroq, italiyalik Zidanning qarorini kutmoqda va shu tufayli muzokaralarni to'xtatib turibdi.