«Real Madrid» bosh murabbiyi Zinedin Zidan kelasi hafta klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashadi.
Asning ma'lum qilishicha, keyingi haftaning boshida, La Ligada chempionlik taqdiri hal bo'lgach, Zidan va Peres o'zaro uchrashishadi.
Shundan so'ng, frantsuz menejerga o'z niyati to'g'risida xabar beradi va klubni tark etishini e'lon qiladi. Peres murabbiyning har qanday qarorini hurmat qilishi aytilmoqda.
Zidan ketgan taqdirda «Real Madrid» bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar Massimiliano Allegri. Allegri boshqa klublar bilan barcha muzokaralarni to'xtatdi va Zidanning qarorini kutmoqda.
«Real Madrid» direktorlar kengashi murabbiyning niyati nima ekanligini bilmaydi. Zidan Peresga o'z qarori to'g'risida shaxsan xabar beradi.