Karim Benzema Dide Deshamning qarorini ortiqcha hissiyotlarsiz izohladi.
Futbolchi murabbiy bilan bo'lgan ziddiyatlarini unutishga harakat qiladi. Benzema barchani uni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Men Frantsiya terma jamoasiga qaytganimdan faxrlanaman. Menga ishonganlaridan xursandman.
Buning uchun oilamga, do'stlarimga, klubimga va har kuni meni qo'llab-quvvatlayotganlarga rahmat", - deya so'zlarini yakunladi Karim.