Shu yozda «Real» ikki nafar markaziy himoyachisi Rafael Varan va Serxio Ramoslarning taqdirini hal qiladi.
As nashrining xabar berishicha, madridliklar eng avvalo Varan masalasini hal qilishadi. Shundan keyingina e'tiborlarini Ramosga qaratadilar. Demak Ramosning taqdiri Varanga bog'liq bo'lib turibdi.
Agar «Real» frantsiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamasa, Serxio bilan shartnomani uzaytirmasa kerak. Bordiyu Varan sotiladigan bo'lsa, Ramos bilan yangi shartnoma tuziladi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli himoyachi 2 yillik shartnoma talab qilmoqda. «Real» esa «1+1» sxemasi bo'yicha shartnoma tuzmoqchi.