«Bavariya» yangi mavsum oldidan jamoani tark etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Unga ko'ra ushbu yozda klub Jerom Boateng, David Alaba va Xavi Martines bilan xayrlashdi. Rahbariyat belgilangan barcha futbolchilar Myunxen klubini erkin agent sifatida tark etishini rasman tasdiqladi.
Alaba katta ehtimol bilan faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Boateng va Xavi Martines o'z kelajaklari haqida hali bir qarorga kelishmagan.
Eslatib o'tamiz, «Bavariya» Bundesligada muddatidan oldin g'oliblikni qo'lga kiritdi.