Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yangi chaqiriq: Alaba «Real»da o'ynay oladimi?

Bu yilgi asosiy transfer voqeyliklaridan biri yaqinlashayotganga o'xshaydi.Atrofida yangi klubi haqida ko'p mish-mishlar bo'lgan Devid Alaba yozda «Real»ga o'tishi kop ehtimol. Quyida, avstriyalikning «qirollik klubi» tarkibidagi istiqbollarini muhokama qilamiz.

.
- Yuklab olish

Bu yilgi asosiy transfer voqeyliklaridan biri yaqinlashayotganga o'xshaydi.Atrofida yangi klubi haqida ko'p mish-mishlar  aylanib yurgan, to'liq ism-sharif bilan chaqirilganda Devid Olatukunbo Alaba yozda «Real»ga ko'chib o'tishi, ko'p ehtimol. Quyida, avstriyalikning «qirollik klubi» tarkibidagi istiqbollarini muhokama qilamiz.

Alaba «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida ma'lumot paydo bo'lganida, ko'plab ommaviy axborot vositalari darhol futbolchini «Real»ga moslashtira boshladilar. Ha, ispan grandi bilan birga «Chelsi», «PSJ», «Yuventus» va hattoki «Barselona» kabi «kattakon» klublarning nomlari ham matbuotda paydo bo'la boshladi, ammo ularning qiziqishi Madrid jamoasiniki singari jiddiy emas edi. Qanday bo'lmasin, barcha mish-mishlar haqiqat bo'lib chiqdi - eng nufuzli transfer insayderlaridan biri Fabritsio Romano barcha taxminlarni quyidagicha tasdiqladi: Alaba tez orada «Qirollik klubi» futbolchisiga aylanadi.

Shunisi e'tiborliki, 28 yoshli futbolchining ushbu transferdan keyingi maoshi o'zgarishsiz qoladi. Ya'ni, har mavsum uchun 12 million evro. Ammo aynan shu maosh Alabaning «Bavariya»dan ketishni istashi uchun asosiy sabab hisoblangan. Bu shuni anglatadiki, biz kelishimiz mumkin bo'lgan xulosa ma'lum bir xulosa – avstriyalik haqiqatan ham yangi chaqiruvga javob berishni xohlaydi va bu o'tish uning uchun yangi sinovga aylanadi. Ammo bunday tanlov qanday tugashi mumkin? Keling, Alabaning Madridda qanday pozitsiyalar kutib turganiyu Zidan futbolchidan qaerda maksimal samaradorlik bilan foydalanishi mumkinligini tushunishga harakat qilamiz.

Alabaning asli pozitsiyasi chap qanot himoyachisi ekanligi sir emas. Aynan shu rolda u Myunxen klubida asosiy yulduz o'yinchiga aylangan. So'nggi yillarda turli xil kadrlar muammosi tufayli Xansi Flik Deviddan markaziy himoyachi sifatida foydalandi. Bu esa taxsinga sazovor. Boisi, u o'ziga yuklatilgan vazifani shunchaki qoyillatdi. Zarur bo'lganda, avstriyalik himoyadan yarim himoya hududiga ham ko'tarildi. Bu shuni ko'rsatadiki, ushbu futbolchi «Bavariya» tarkibida eng muhim bo'lgan ko'p qirrali jangovar birlik edi. Axir, agar bunday bo'lmaganida, Myunxen jamoasi raqiblarini tom ma'noda oyoq osti qilib tashlamas ediku.

Markaziy yarim himoyachi.

Ehtimol Alaba «Bavariya»da aynan shu pozitsiyada ko'proq o'ynashni xohlagan. Shuning uchun ham bu, futbolchining «Bavariya»dan ketishiga sabab bo'lganligi bejiz aytilmagan edi. Go'yoki Flik Devidning yarim himoyada o'ynash talabini qondira olmadi. «Real Madrid»ga kelsak, avstriyalik bu pozitsiyada o'z o'rnini egallashi va asosiy futbolchiga aylanishi mumkin emas. Sababi oddiy - unga maydon markazida ish yo'q.

Bu nuqtada «Real» kadrlar etishmasligidan aziyat chekmaydi: Kroos, Modrich, Kasemiro, Valverde. Alabani esa har qanaqasiga bu futbolchilardan bir bosh ustun deb bo'lmaydi. Aynan shu jumlani o'qib, «qamoqranglilar» muxlislari zabonidan «Iye Iskochi?» degan xitob yangragan bo'lsa, ajab emas.

Ha, hujumga yaqinroq hududda «texnar»lik qiladigan Ispaniyalik futbolchini ham unutmaslik kerak. Bundan xulosa qilish mumkinki, yangi mavsumda Alabaning yarim himoyada, aniqrog'i «Real» yarim himoyasida paydo bo'lishi ehtimoli juda past, basharti «qirollik klubi» yozgi transfer oynasida asosiy futbolchilaridan biri sotmasa, yoki bu pozitsiyadagi bir qator futbolchilar jarohat olishmasa.

Endi, Devid uchun maqbul pozitsiya - tayanch yarimhimoya. Bu pozitsiya «Real»da mutlaqo o'zgarmas bo'lib tuyuladi. Bunday fikr bejiz emaski, yaqin kelajakda Kazemironing o'rnini bosa oladigan futbolchini topish etarlicha mushkulot. O'z navbatida braziliyalik, o'zi uchun qulay joydan hech qayoqqa ketmoqchi ham emas. Demak, Kazemiro «qirollik klubi»ning tayanch yarim himoyasida yana bir yildan ko'proq vaqt mobaynida beminnat xizmat qilishga qodir.

Mudofaa. Chap qanot.

Alabani himoyan zonasida lateral holatda ko'rish ehtimoli ancha yuqori. Marseloga yillar va uning yoshi o'z ta'sirini o'tkazmoqda va bu so'nggi o'yinlarda juda aniq ko'rinib turibdi. «Chelsi»ga qarshi o'yinda braziliyalik tezkor raqiblariga g'ov bo'la olmadi bu esa «Real» himoyasida katta muammoga aylandi. Afsuski, tan olish kerak, Marselo endi avvalgi saviyasini saqlab qola olmayapti, shu sababli Ferlan Mendi yo'qligida «qaymoqranglilar» himoyada joiz bo'lsa, yirik bo'shlikni his etmoqlar.

Bu pozitsiya Alaba uchun xosdir, shuning uchun moslashishda hech qanday personal muammolar bo'lmasligi aniq. Ammo u chapdagi birinchi o'yinchiga aylanadimi? Yoki u shunchaki Marseloning o'rnini bosadimi? Bu savol juda dolzarb bo'lib qolmoqda. Mendi allaqachon asosiy tarkibda o'ziga ishongan o'yinchiga aylanib ulgurgan va o'yindan-o'yinga ilgarilamoqda, shu sababli Alabani asosiy tarkibda tanlagani aniq bo'ladi deb bo'lmaydi.

Mudofaa. Markaziy.

Bu variant bir qarashda Devid uchun eng maqbul va istiqbolli ko'rinadi. So'nggi ikki mavsumda «Bavariya»da buni isbotlagan Alaba ushbu pozitsiyada chakki emas. Ustiga-ustak, «Real»ning hozirgi asosiy markaziy himoyachilari va ularning barqarorligi haqida gapirgandan ko'ra, ertangi ob-havoni tahmin qilish nisbatan asosliroq. Rafael Varanning ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar ko'payib bormoqda. Emishki, u «Manchester Yunayted» tomon oshiqmoqda. TOP futbolchi TOP klub safiga ko'chib o'tishi mumkin.

Demakki, bu transferda g'ayritabiiy narsa yo'q. Bundan tashqari, «qaymoqranglilar» sardori Serxio Ramos hali klub bilan shartnomasini uzaytirgani yo'q. Bu erda biroz kelishmovchilik bor. Serxio maoshining kamayishi evaziga bo'lsa ham «Real»dan ikki yillik shartnoma talab qilmoqda. Klub esa uning darajasiga shubha bilan qarashni boshlagan chog'i, faqatgina bir yillik bitim bilan Ramosni rozi qilmoqchi.

Ehtimol, «Real Madrid» rahbarlari ushbu futbolchilarning kelajagini allaqachon tahmin qilib ulgurishgan va shu boisdan, bor e'tibor Devid Alabaga qaratilgan. O'z navbatida shuni ham hisobga olish kerakki, agar, avstriyalik transferi amalga oshsa, uning unga jamoadagi yaqin raqobatchilar - Nacho va Militaodan kuchliroq ekanligi inkor etilmaydi.

Alaba yangi klubda nima qila olishi va qaerda iloji boricha foydali bo'lishi mumkinligi transfer amalga oshib, futbolchi qaymoqrang libos bilan «Real» tarkibida ko'rinish bergandagina yaqqol namoyon bo'ladi. Lekin shuni aniq aytish mumkinki, agar Zidan Madridda qolsa, unga jamoadan joy topa oladi va biz avstriyalik futbolchining faoliyatidagi yangi bosqichni qiziqish bilan kuzatamiz. Har holda, Devid ulkan tajriba va salohiyatga ega futbolchi, u har qanday holatda ham Madrid klubida ortiqcha bo'lib qolmaydi.

 

Dadajon Foziljonov tayyorladi

BestMaster
18 May 2021, 12:00
yangi, chaqiriq, alaba, «real»da, oynay, oladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads