Madridning «Real» klubi muxlislari Zinedin Zidan ketganidan keyin jamoani Raul boshqarishini istashmoqda. Bu haqda Marca habar beradi.
Nashr jamoaning bosh murabbiyi sifatida kimni ko'rishni xohlashlarini bilish uchun klub muxlislari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Ovoz berishda 150 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. «Real» Madridning ikkinchi jamoasi ustozi Raul Gonsales 57 foiz ovoz to'plagan.
Ovoz berishda ikkinchi o'rinni Germaniya terma jamoasining hanuzgacha amaldagi murabbiyi Yoaxim Lyov egalladi. Nemis 17 foiz ovoz olgan.
OAV xabarlariga ko'ra Zidan ketganidan keyin «Real» ustozligi yo'lida favorit bo'lgan Massimiliano Allegri atigi 10 foiz ovoz to'plagan.