"Qirollik klubi" ispaniyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
"Barselona"ga qarshi ikkita ajoyib uchrashuvdan so'ng "Qirollik klubi' rahbarlari Marko Asensio bilan shartnomani uzaytirish payiga tushishdi. Hozirda Asensio Yevropa grandlariga nazariga tushgan va shu sababdan ham Florentino Peres u bilan shartnoma bandlarini mustahkamlab olmoqchi. 21 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetadi va uning tovon puli 350 mln yevro qilib belgilangan. "Madrid" u bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirib tovon pulini 500 mln yevro qilib belgilashni xohlamoqda. Va uning maoshi 3,5 mlndan 4,5 mln yevrogacha ko'tarishni maqsad qilgan.