«Bavariya»ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski azaldan «Real»ga o'tishni orzu qilgan. Bu haqda hujumchining sobiq agenti Tsezari Kucharski aytib berdi.
«Levandovski "qirollik klubi"da o'ynashni yoshligidan orzu qilardi. Biroq, Ispan grandi so'nggi paytlarda bunday futbolchining transferini amalga oshirishga qodir emas.
Shuning uchun Robert bor e'tiborini «Bavariya»ga qaratdi. U Myunxen klubi uning uchun ideal joy ekanligini tushundi», - deya agentning so'zlarini keltiradi Goal.
Robert 2014 yildan beri nemis grandi sharafini himoya qilib keladi.