«Real» Madrid himoyachisi Nachoning aytishicha, bosh murabbiy Zinedin Zidan mavsum oxirida jamoadan ketishini e'lon qilgan.
"U bu haqda bizga ko'p narsalarni aytgani haqida yangiliklar bor. Buni inkor eta olmayman. Ammo bu haqda to'liq aniq ma'lumot bera olmayman. Uning klub bilan shartnomasi bor, u jamoada yaxshi pozitsiyaga ega va menimcha yakunda klubda qoladi.
Biroq, so'nggi qarorni uning o'zi va rahbariyat hal qilishi kerak», - deydi Nacho.