«Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Bilbaodagi g'alabadan o'z fikrlarini bildirdi.
«Men faqat bizning uchrashuvimiz haqida gaplasha olaman xolos. Boshqa tomon menga bog'liq emas. Albatta, oxirida biz bu haqda gaplashdik ham. Bu erda poyga so'nggi daqiqalarga qadar davom etadi.
Hali yana temp qo'shishimiz kerak. Qiyin o'yin va bizda yana uchta ochko bor. La Ligadagi g'alabamizga ishongan futbolchilar uchun xursandman. Biz so'nggi daqiqagacha harakat qilamiz.
Men hakamlik haqida gapirishni istamayman. Biz o'z futbolimizni o'ynashimiz kerak. Bor e'tiborni faqat maydonga qaratamiz.
Qanday qilib men futbolchilarga ketayotganimni aytishim mumkin? Ular butunlay taslim bo'lib qolishmaydimi? Hammasi mish-mish xolos. Ko'ramiz, mavsum oxirida nima bo'ladi», - deb xulosa qildi Zidan.