«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan hujumchi Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiyasi haqida o'z fikrlarini aytdi.
«Men uning diskvalifikatsiyasi haqidagi qarorga qo'shilmayman. Biroq hech qachon nolimayman va bu safar ham shu tamoyilimdan chetga chiqmayman.
Ammo uning jazosi oshirib yuborilganini ta'kidlayman. 5 o'yin - bu juda katta muddat. «Real»ga Krishtianusiz oson bo'lmaydi. Biz apellyatsiya bergan edik va yana bermoqchimiz. Qo'limizdan kelgan hamma ishni qilamiz», — dedi Zidan Marca xabarida.