Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Atletik" – "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 37-turi doirasida chempionlik uchun kurashayotgan "Real Madrid" Bilbaoda "Atletik" jamoasiga qarshi to'p tepmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.  

YANGILASH

68-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Nachoga tegib ketgan to'p, darvoza to'riga borib tushdi.

67-daqiqa. Valverde zo'r harakati orqali qiyin vaziyatdan to'pni yo'qotmay, chiqib ketdi.  

65-daqiqa. O'zgarishlar! Jon Morsilo, Inyaki Uilyams va Dani Garsiya o'rniga Raul Garsiya, Aser Vilyalibre hamda Mikel Vesga o'yinga qo'shildi.

O'yin maydon "markazisiz" o'tmoqda so'nggi daqiqalarda. Bu futbolchilardan katta jismoniy kuch talab qiladi.  

61-daqiqa. O'yin tempi ancha oshdi. Har ikki darvoza oldida vaziyatlar yuzaga keldi. Kazemironing zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, qarshi hujumni esa "Real"ning ikki himoyachisi bir amallab qaytarib qoldi.   

59-daqiqa. O'zgarish! Vinisiusning o'ringa Marko Asensio maydonga tushdi.  

58-daqiqa. Militao Inyaki Uilyamsni o'tkazib yubormadi.

57-daqiqa. Xavfli vaziyat! Luka Modrich jarima maydonchasiga kirmay, kuchli va aniq zarba yo'lladi - darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga erishdi.   

55-daqiqa. Vinisius jamoasi uchun yana bir burchak zarbasi ishlab berdi. Lekin bugun Zidan shogirdlari burchak zarbalaridan samara chiqara olishmayapti.

53-daqiqa. Maydon markazida Modrichga nisbatan qo'pollik qayd etildi. 

52-daqiqa. Vinisiusning zarbasidan keyin himoyachi oyog'iga tekkan to'p, maydonni tark etdi - burchak zarbasi.   

50-daqiqa. Kuchli bosim ostida qolgan "Real" himoyachilari raqibga gol urish imkoniyatini berishmadi. Jon Morsiloning kuchli zarbasini Kurtua qaytargan bo'lsa, Dani Garsiyaning urinishiga aniqlik etishmadi.   

Mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. To'p oldida Luka Modrich, xorvatiyalikning uzatmasidan keyin Eder Militao zarba berdi, ammo noaniq. 

47-daqiqa. "Real" oldinga o'tmoqchi edi, lekin Benzema qanchalik urinmasin to'pni o'zida saqlab qola olmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi. Uni Karim Benzema boshlab berdi.

45-daqiqa. Bo'ldi, Mateo Laos birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shmaslikka qaror qildi. Tanaffus.   

44-daqiqa. Birinchi bo'lim yakuniga yaqinlashib bormoqda va bilasizmi, bir qiziq fakt, o'tgan vaqt davomida "Real Madrid" mezbonlar darvozasiga birorta aniq zarba bera olmadi. 

42-daqiqa. Kazemiro to'pni olib qo'yish jarayonida Inyakiga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. Xavfli jarima zarbasi. 

40-daqiqa. "Atletik" o'ng qanotidan oldinga o'tishga urinmoqda.  

38-daqiqa. Vinisiusning uzatmasidan keyin Rodrigo tezlikda jarima maydoniga kirib borib, zarba berishni ham uddaladi, lekin darvozabon masofani qisqartirib ulgurgandi. 

35-daqiqa. Rodrigo qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin to'p undan qochib ketdi.  

34-daqiqa. Ketma-ket uchinchi burchak zarbasini "qirollik klubi" amalga oshiradi.   

32-daqiqa. Bilbao hujumga o'tdi, lekin Militao bosh bilan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

30-daqiqa. Benzema va Yeray Alvares jarima maydoni ichida to'qnashib, yiqilib tushishdi. SHu sababli o'yin to'xtatildi.

28-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Benzema to'pni darvoza tomonga yo'llashga urindi, ammo buni uddalay olmadi. 

Bo'ldi, hammasi joyida, o'yin davom etadi. 

27-daqiqa. Odriosolaning uzatmasidan keyin to'p mezbonlar himoyachisining qo'liga tekkandek... Hakam shoshmaslikni so'ramoqda.  

25-daqiqa. Modrichning jarima maydoniga yo'llagan to'pini darvozabon egallab oldi.  

24-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirdi, lekin darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. 

22-daqiqa. Inyaki Uilyams o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib ketmoqchi edi, lekin Nacho "podkatda" to'pni maydondan chiqarib yubordi.  

Vinisius oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoni markaziga yo'lladi, lekin himoyachilar ishonchli o'ynashdi. 

20-daqiqa. Raqib posboni ancha oldinga chiqib ketganini ko'rgan Valverde chamasi 75 metrlar masofadan zarba berib ko'rdi, lekin omadsiz.

La Liganing barcha o'yinlari parallel ravishda o'tayotganidan xabardorsiz albatta. Malumot uchun aytib o'tamiz, hozircha eng yuqoridagi to'rtlik o'yinlarida hisob ochilmadi.  

16-daqiqa. Militao to'p uchun kurashda Inyaki Uilyamsni "korpusda" uchirib yubordi. 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Qarshi hujumga qochib ketayotgan Rodrigoni yiqitgani uchun Aleks Berenger sariq kartochka ishlab oldi.  

13-daqiqa. Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin uzatmadan keyin Tibo Kurtua ishonch bilan chiqib kelib, to'pni ushlab oldi. 

12-daqiqa. Vinisius va Migel Guterres bir-birlarini tushunishi hozircha ideal tarzda emasligini guvohi bo'ldik. Aynan shu sababli Vinisius to'pni raqibga topshirib qo'ydi.   

10-daqiqa. Endi "Real" ustunlikni o'z tomoniga og'dirmoqda.  

8-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum Modrichning Alvaro Odriosolaga uzatmasi noaniq chiqqani sabab uzilib qoldi.  

6-daqiqa. Javob hujumida Kroos yo'qligi sabab braziliyalik pleymekerlikni ham bo'yniga olmoqchi bo'ldi, lekin sheriklari uning uzatmasini tushunmadi.   

5-daqiqa. Kutilmaganda "Real" futbolchilari, aniqrog'i Kazemiro himoyada xatoga yo'l qo'ydi, lekin raqib futbolchisi bunday sovg'ani kutmagani uchun shoshib qoldi.   

Ilk daqiqalarda mezbonlar kim bu erda xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'ymoqchidek.  

Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi. Qo'shimchasiga Kazemiroga nisbatan raqib keskin harakat qilgani tufayli hakam hushtagi yanradi.  

2-daqiqa. Rodrigo to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan deb topildi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Jamoalar sardorlari va hakamlar bellashuvning rasmiy qismini o'tkazishmoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Atletik" – "Real Madrid"

16 may, 21.30, "San Mames"

"Atletik" – Unai Simon, Martines, Balensiaga, De Markos, Yeray Alvares, Sanset, Vensedor, Berenger, Dani Garsiya, Morsilo, Uilyams.

"Real Madrid" – Kurtua, Odriosola, Militao, Nacho, Migel Guterres, Valverde, Modrich, Rodrigo, Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.

BestMaster
16 May 2021, 23:00
live , liga, atletik, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads