Raul «Real Madrid»ning zaxira jamoasi «Kastilya»ning navbatdagi o'yinidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
“Birinchi jamoani boshqarasizmi? Bu mening uyim va bu erda bo'lishni xohlayman. Men ushbu klubning bir qismiman. Uyda bo'lish uchun murabbiyga aylandim. Ammo hozir kelajak haqida gaplashadigan vaqt emas», - deydi Raul.
Hozirda «qaymoqranglilar» jamoasini boshqarayotgan Zinedin Zidan futbolchilarga mavsum oxirida klubni tark etishini allaqachon e'lon qilgan.
OAV frantsuz murabbiyi o'rniga nomzodlar orasida uchta mutaxassis borligini xabar qilmoqda - Raul, Massimiliano Allegri va Yoaxim Lyov.