«Renn» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin.
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Kamavingani klubning ehtimoliy transferlari ro'yxati orasida eng birinchi o'ringa qo'ygani ma'lum bo'ldi.
Yaqin orada Ispaniya klubi va futbolchining agenti uchrashishlari mumkin. 18 yoshlik xavbekka «Bavariya» ham davogarlik qilmoqda.