«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoani tark etishi mumkin.
"Onda Cero" tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik mutaxassis bundan bir hafta ilgari — «Sevilya»ga qarshi o'yin (2:2) oldidan futbolchilarga kelasi mavsumda klubda qolmasligini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, Zidanning madridliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida «Real» peshqadam «Atletiko»dan 2 ochko ortda qolmoqda.