"Marca" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" xo'jayinlari "Kastilya" ustozi Raul Gonsales Blankoni tanlashgan.
Malum qilinishicha, 43 yoshli ispaniyalikning nomzodi deyarli barchaga maqul.
Avvalroq Zidan manaviy charchoq va prezident Florentino Peres tomonidan qo'llab-quvvatlanmagani sababli "Real"dan ketishini aytgandi.
Raulga Frankfurtning "Ayntraxt" klubi ham qiziqish bildirmoqda.