«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Kataloniya klubi prezidenti Xuan Laporta bilan uchrashuv haqida gapirdi.
«Biz jamoa, mavsum va so'nggi natijalar haqida suhbatlashdik. Mavsum oxirida yana uchrashishga kelishib oldik, ammo men hammasini aytib berolmayman.
Men qolishni istayman va biz qanday qilib yanada yaxshiroq bo'lishimiz mumkinligi haqida bilaman. Bizning uzoq muddatlik rejalarimiz bor.
O'ylaymanki, o'yinimizda ko'plab ijobiy jihatlarni ko'rish mumkin.
Ikki hafta davomida hamma narsa mukammal edi, deb bo'lmaydi, lekin endi vaziyat ancha jiddiy. Agar hammasi biz o'ylagandek tugamasa, bu adolatli bo'lmaydi.
Albatta, Laporta so'nggi so'zni aytadi, ammo men xotirjamman», - deyd niderlandiyalik mutaxassis.