"Real Madrid Kastilya" bosh murabbiyi Raul "qirollik klubi"ning asosiy jamoasini boshqarishi mumkin, deya xabar beradi "Marca" nashri.
43 yoshli mutaxassis Zinedin Zidan ketgan taqdirda "qaymoqranglilar" murabbiyligi uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
"Real" rahbariyati boshqa nomzodlarni ko'rib chiqmoqda, ammo Raul Madrid klubining barcha talablariga mos tushishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik murabbiy "Real Madrid"da 1994-2010 yillarda o'ynagan, u erdan "Shalke"ga o'tgan va u erda ikki yil o'ynagan.
Ma'lumot o'rnida, "Ayntraxt" uni bosh murabbiylik lavozimiga taklif qilayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.